Joriy yilning sentabr oyida taqdim etilgan Samsung Gear VR nomli virtual reallik ko‘zoynagi AQShda dekabrdan 199 dollar narxda sotila boshlanadi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Gear VR ko‘zoynagining o‘zi 199 dollardan sotilsa, u uchun mo‘ljallangan o‘yin qurilmasi esa 100 dollarga xarid qilinadi. Yoki ushbu virtual reallik ko‘zoynagini faqatgina Galaxy Note 4 planshetofoni bilan birgalikda ishlatish mumkin.
Samsung Gear VR gadjeti bilan virtual reallik ko‘zoynaklarini ishlab chiqaruvchi mashhur Oculus kompaniyasiga raqib sifatida qaralmoqda. Facebook esa Oculus kompaniyasini iyul oyida 2 milliard dollar evaziga sotib olgan edi.
Izoh (0)