Rossiya Federatsiyasi Komi Respublikasidagi Uxta shahrida joylashgan 19-sonli axloq tuzatish koloniyasi xodimlari mobil telefonlar bilan birga ketayotgan mushukni qo‘lga oldi. Bu haqda Komi Respublikasining jazolarni amalga oshirish bo‘yicha Federal xizmati Bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur voqea 12-noyabr, chorshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Xodimlar jonivorni uning orqasiga skotch bilan yopishtirilgan yuk — ikkita mobil telefon va bitta SIM-kartadan xalos etgan. Bu sudlanganlar saqlashi va foydalanishi taqiqlangan narsalardir, deyiladi xabarda.
Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, telefonlarni mushukning orqasiga kuni kecha ozodlikka chiqqan sobiq sudlanuvchi yopishtirib qo‘ygan. U jonivorni koloniyaga qaytishiga ishonib, o‘zi bilan olib ketgan.
Bunga o‘xshash holat 2013-yil may oyida Rossiyadagi Siktikvar shahrida sodir bo‘lgan edi. Unda 1-sonli axloq tuzatish koloniyasi xodimlari mushukni ikkita qo‘l telefoni, batareyalar va boshqa jihozlar bilan tutib olgan edi.
Izoh (0)