Ukrainaning Poltava oblastidagi Kremenchuga shahrida 28 yoshli erkak xamir qoruvchi apparatga tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining Poltava oblasti boshqarmasi vakilining xabariga ko‘ra, erkak shahardagi makaron ishlab chiqarish sexlaridan birida ishlagan.
Olingan jarohatlar natijasida u tez yordam xizmati yetib kelmasidan halok bo‘lgan. Voqea yuzasidan Ukraina jinoyat kodeksining tegishli bandalariga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)