Toshkent shahridagi “Suvsoz” mavzesida yaqin vaqt ichida yosh oilalarga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar quriladi. Bu haqda Bektemir tumani hokimi Sarvar Maxametovga asoslanib Podrobno.uz xabar bermoqda.
Hozirda qurilish ishlari boshlangan. Ko‘p qavatli uylarning birinchisini Navro‘z bayramigacha topshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, hokim mavzeda yangi bolalar bog‘chasi, basseyn va gipermarket qurilishi rejalashtirilganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, avtoyo‘lni rekonstruksiya qilish hamda bog‘dan Gubkin nomidagi akademik litseygacha bo‘lgan hududda yashil xiyobon qurish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)