Toshkentdagi Gyote-Institutda umumiy “Mudrayotganlar va kanniballar” mavzusi ostida zamonaviy nemis filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Afisha.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
“Mudrayotganlar va kanniballar” mavzusi ostida Gyote-Institut jami o‘nta filmni namoyish etishni rejalashtirgan. Ularning dastlabki beshtasi 2014-yilning 12-noyabridan 11-dekabriga qadar, qolganlari esa 2015-yilning 22-yanvar – 20-fevralida namoyish etiladi.
Barcha filmlar ikki marta – nemis tilida, shuningdek, rus tiliga tarjima yoki ruscha subtitrlari bilan namoyish etiladi. Tomoshalar belgilangan kunlarda 18:30da boshlanadi, ularga kirish bepul. Filmlar 18 yoshlardan kattalarga mo‘ljallangan.
Tomoshalar jadvali
12−13-noyabr – “Ota-onalar”, rejissyor Robert Talgeym (2014 yil)19−20-noyabr – “Boshimiz uzra faqat osmon”, Yan Shomburg (2011)26−27-noyabr – “Borar joy yo‘q”, Oskar Ryoler (2000)3−4-dekabr – “Qolgan hammasi”, Gans-Kristian Shmid (2012)10−11-dekabr – “Chegara bilmas ehtiros”, Maren Ade (2009)
Izoh (0)