Samsung kompaniyasining Gear S aqlli soati haqida ishlangan ilk reklama roligi taqdim etildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Videorolik Gear S gadjetini soat deb atash bilan boshlanadi. Keyin esa uning kompas sifatida ishlatilishi va kutubxonani topishda yordam berishi, qo‘ng‘iroqni amalga oshirish mumkinligi hamda smartfondan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan sartaroshxonada ushbu aqlli soatda xabarlarni o‘qish ko‘rsatiladi. Yakunda esa u shunchaki soat emas, Samsung Gear S ekanligi aytiladi.
Ushbu gadjetda 2 dyuym 360×480 pikselli Super AMOLED displey, 1 GGs chastotaga ega ikki yadroli protsessor, 512 Mb tezkor va 4 Gb ichki xotira, 300 mA·soat quvvatga ega batareya, Bluetooth 4.0 o‘rnatilgan. U Android Wear emas, Tizen operatsion tizimida ishlaydi va unga SIM-karta o‘rnatish mumkin. Samsung Gear S aqlli soati Janubiy Koreyada sotila boshlangan kuni 10 000 dona xarid qilingan.
Izoh (0)