O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Italiyaning Breshia shahrida start olgan turnirning juftliklar musobaqasida ishtirok etdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Mukofot jamg‘armasi 42 ming 500 yevroni tashkil etuvchi musobaqaning juftlik bahsi ilk davrasida Do‘stov italiyalik Alessandro Motti bilan birga italiyalik Rikardo Gedin hamda fransiyalik Olive Sharuanga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda 7:6, 6:4 hisoblarida Gedin — Sharuan juftligi g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Farrux Do‘stov musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida Sloveniyaning ikkinchi raqamli tennischisi Blaj Kavchichga qarshi kortga chiqadi. ATP reytingida Do‘stov 128, Kavchich esa 98-o‘rinni egallab turibdi.
Bu uchrashuv 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)