“Farg‘ona elektr tarmoqlari hududiy korxonasi” tizimida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, iste’molchilarning ortib borayotgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash maqsadida rekonstruksiya va modernizatsiyalash ishlari izchil amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Toshloq tumani elektr tarmoqlari korxonasi 1 ming 300 ulgurji iste’molchi va 28 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Korxona rahbari Ravshan Madrahimovning aytishicha, elektr ta’minoti bo‘yicha qish mavsumida muammolar yuzaga kelmasligi uchun belgilangan chora-tadbirlar yakuniga yetkazildi.
134 kilometrdan ortiq elektr liniyasi hamda 34 transformator mukammal ta’mirdan chiqarildi. Barcha elektr podstansiyalari joriy ta’mirlandi.
Izoh (0)