Professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dunyo tennischilar reytingini hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarmoqda. Kuchli o‘ntalikda esa o‘zgarish kuzatilmadi, deb xabar beradi “Olamsport”.
O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Bratislava “Chellenjer”idagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab bir yo‘la 20 pog‘onaga ko‘tarilib, ayni paytda 128-o‘rinni egallab oldi. O‘zbekistonlik birinchi raketka Denis Istomin esa o‘tgan haftadagi o‘rni — 48-pog‘onani saqlab qoldi.
Professional tennischilarning haftalik yangi reytingi:
1. Novak Jokovich (Serbiya) — 10 010 ochko
2. Rojer Federer (Shveysariya) — 8700
3. Rafael Nadal (Ispaniya) — 6835
4. Sten Vavrinka (Shveysariya) — 4895
5. Key Nishikori (Yaponiya) — 4625
6. Endi Marrey (Buyuk Britaniya) — 4475
7. Tomash Berdix (Chexiya) — 4465
8. Milosh Raonich (Kanada) — 4440
9. Marin Chilich (Xorvatiya) — 4150
10. David Ferrer (Ispaniya) — 4045
... 48. Denis Istomin (O‘zbekiston) — 850
... 128. Farrux Do‘stov (O‘zbekiston) — 420