Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiali − UzMobile negizida tashkil etilayotgan milliy mobil aloqa operatoriga telekommunikatsiya uskunlarini yetkazib beradi, deb xabar bermoqda UzDaily.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlarining navbatdan tashqari majlisida bu masala yuzasidan 117,6 million dollarlik shartnoma tuzishga ruxsat berilgan. Shartnomaning 100 million dollarlik qismi Xitoy taraqqiyot davlat banki va 17,6 million dollari “Aloqabank” tomonidan moliyalashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi “Milliy mobil aloqa operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan UzMobile negizida GSM standartida ishlaydigan milliy mobil aloqa operatori tashkil qilinmoqda.
Shuningdek, CDMA standarti bo‘yicha ham ishini davom ettiradigan UzMobile GSM tizimida 8 millionta raqam chiqarishi ko‘zda tutilgan. Qiymati 500 million dollarga baholangan loyihaning 100 million dollarlik qismi Xitoy taraqqiyot davlat banki, shuningdek O‘zbekiston mablag‘lari evaziga moliyalashtiriladi.
Izoh (0)