Deyarli o‘n bir yil davomida Shimoliy Koreyaning marhum yetakchisi Kim Chen Irning yonida yurgan Li Yon Guk hozirda Janubiy Koreyada yashab, o‘z faoliyati haqida memuarlar yozmoqda. Bu haqda CNN telekanaliga asoslanib “RIA Novosti” xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen Inning otasini qo‘riqlash xizmati a’zolarini tayyorlashda yakkakurashlarning maxsus usullari, taekvando, umumiy jismoniy mashqlar, taktika va kuch bo‘yicha mashg‘ulotlar, suzish kabilar umumiy tayyorgarlik jarayonining bir qisminigina tashkil qilgan. Tayyorgarlikning asosiy qismi esa mafkuraviy tarbiya bo‘lgan. Li unga faqat “buyuk dohiy”ga xizmat qilish uchun tug‘ilgani haqidagi fikr singdirilganini ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, Kim Chen Irning ikki yuzi bo‘lgan: u yaxshi kafiyatdaligida oltinga ko‘mgan, yomon kayfiyatda esa hayotdan mahrum qilgan. Kimning maxsus liftidan va kuldonidan yuqori amaldorlardan biri maxfiy ravishda foydalanishini bilib qolganda, uni surgun qilgan va amaldor lagerda halok bo‘lgan.
Rahbarining qanchalik shafqatsiz bo‘lganini Li Janubiy Koreyaga qochgandan keyin tushungan. U Kim Chen Ir otasi Kim Ir Sen va o‘g‘li Kim Chen In singari diktator bo‘lganini anglaganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi rahabr Kim Chen In ular orasida eng shafqatsizidir.
Li Yon Guk 1994-yilda Koreya Xalq Demokratik Respublikasidan qochishga uringan. Biroq u qo‘lga olinib, Yodok konslageriga surgun qilingan. Lekin u oxir-oibatda baribir qochishgq muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)