O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov 12—19-noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida o‘tkaziladigan yig‘inda ishtirok etadigan tarkibni e’lon qildi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi navbatdagi yig‘inini o‘tkazish uchun 12-noyabr kuni BAAning Dubay shahriga uchib ketadi.
Rejaga ko‘ra, Shuhrat Maqsudov shogirdlari Dubayda uchta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston U-22 terma jamoasi dastlab Albaniya (14-noyabr), keyinchalik esa Bahrayn (16-noyabr) va BAA (18-noyabr) yoshlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov mazkur yig‘inda jami 23 nafar futbolchining xizmatidan foydalanadi. Ta’kidlash joiz, terma jamoa yig‘iniga jalb etilgan ikki nafar futbolchi — Sardor Sobirxo‘jayev (“Bunyodkor”) va Alisher Shog‘ulomov (“Lokomotiv”) 12-noyabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida ishtirok etishi bois Dubayga 13-noyabr kuni uchib ketadi va u yerda terma jamoa yig‘iniga qo‘shiladi.
O‘zbekiston U-22 terma jamoasining Dubaydagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilari ro‘yxati:
Darvozabonlar:
- Abdumavlon Abdujalilov (1994, “Neftchi”)
- Akmal Tursunboyev (1993, “Paxtakor”)
- Abror Karimov (1994, “Olmaliq”)
- Sardor Rahmonov (1994, “Neftchi”)
- Muhsinjon Ubaydullayev (1994, “Paxtakor”)
- Kamronbey Kapadze (1994, “Bunyodkor”)
- Javlon Mirabdullayev (1994, “Metallurg”)
- Hurshid Muxtorov (1994, “Lokomotiv”)
- Tohir Shamsiddinov (1993, “Navbahor”)
- Hasan Asqarov (1994, “Bunyodkor”)
- Quvondiq Ro‘ziyev (1993, “Lokomotiv”)
- Javohir Rasulov (1993, “Neftchi”)
- Jahongir Abdumo‘minov (1993, “Mash’al”)
- Abdulloh Olimov (1993, “Neftchi”)
- Jaloliddin Masharipov (1993, “Paxtakor”)
- Sardor Sobirxo‘jayev (1994, “Bunyodkor”)
- Diyorjon Turopov (1994, “Olmaliq”)
- Timur Hakimov (1994, “Olmaliq”)
- Abbos Mahstaliyev (1994, “Andijon”)
- Abdulla Nabiyev (1993, “Dinamo”)
- Axror Umarjonov (1993, “Bunyodkor”)
- Jasur Hakimov (1994, “So‘g‘diyona”)
- Alisher Shog‘ulomov (1994, “Lokomotiv”)
Izoh (0)