2014-yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Parij shahrida Fransiya Respublikasi Prezidentining diplomatik maslahatchisi Jak Odiber bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston — Fransiya ko‘p qirrali munosabatlarining muhim masalalari mufassal muhokama qilindi. O‘zaro aloqalarning ijobiy o‘sish sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi va turli yo‘nalishlardagi hamkorlikni izchil mustahkamlashda ikki tomon ham birday manfaatdorligi tasdiqlandi.
Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha ham fikr almashdi.
Izoh (0)