Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi Buxoro viloyat saylov komissiyasi internetda saylovlar haqida yangiliklar berib borish uchun o‘z saytini ishga tushirdi, deb xabar bermoqda Buxoroning “Vostochniy ekspress” internet-nashri.
Viloyat saylov komissiyasi rahbari G‘. Safarovning so‘zlariga ko‘ra, www.buxorosaylov.uz sayti saylovchilarga saylovlar, o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish, bu boradagi so‘nggi yangiliklardan xabardor qilish uchun ochilgan.
O‘zbek va rus tilida yuritiladigan saytda barcha siyosiy partiya va harkatlar haqida ma’lumot, viloyat saylov komissiyasi tarkibi, saylovchilar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javoblar, barcha saylov okruglarining hudud va manzillari berilgan.
Sayt yaratish tashabbusi Buxoro viloyati hokimligi va Fuqarolik jamiyatini monitoring qilish mustaqil institutining Buxoro mintaqaviy bo‘linmasiga tegishliligi aytilgan.
Izoh (0)