Keyingi yilning bahorida taqdim etilishi kutilayotgan yangi Samsung Galaxy S6 smartfoni uchta displeyli bo‘lishi mumkin. Bu haqda IHD Technology kompaniyasida yetakchi tadqiqotchi bo‘lib faoliyat yurituvchi Jerri Kangning so‘zlariga asoslanib Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Bunda Galaxy S6 smartfonida bitta asosiy hamda uning chap va o‘ng tomonida ikkita botiq displey o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note Edge planshetofoni ham xuddi shunday, faqat, bitta asosiy va bitta botiq displeyga ega.
Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S6 smartfonini vaqtincha Project Zero deb nomlagani haqida avval xabar berilgan edi. Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu smartfonda 64 bitli Snapdragon 810 va sakkiz yadroli Exynos 7420 protsessorlaridan biri, 1440×2560 pikselli QuadHD displey, OIS — suratlarni optik stabillashtirish funksiyasiga ega 16 yoki 21 megapikselli asosiy kamera, 5 megapikselli old kamera va 3 Gb tezkor xotira o‘rnatiladi. Uning MicroSD yordamida kengaytirish mumkin bo‘lgan 32, 64, 128 Gb ichki xotirali turlari sotilishi kutilmoqda.
Izoh (0)