Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi va Interpol xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi (ShHT MATT) va Interpol terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqchi. Bu haqda MATT saytiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Yaqinda ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori Chjan Sinfen va Interpol bosh kotibi Ronald Noubl o‘zaro murosa to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Hujjat Interpolning Monakodagi 83-Bosh assambleyasi chog‘ida imzolandi.

Shundan so‘ng tashkilotlar rahbarlari o‘zaro manfaatli bo‘lgan masalalar bo‘yicha va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘llari haqida fikr almashdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing