Argentinalik quruvchilar Santa-Fe provinsiyasidagi San-Lorenso shahrida fundament ostidagi xandakni kavlayotganida qazilma hayvon suyagiga duch keldi. Topilma uzunligi 1,5 metrdan oshadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, suyak u topilgan yerlarda 10 ming yilcha avval yashagan yirik sut emizuvchining tegishlidir.
Tadqiqotchilar guruhi vakili Xuan Nobile bu topilma qaysi davr va qanday hayvon turiga taalluqli ekani tahlillardan so‘ng aniq bo‘lishini ma’lum qildi. “Suyak topilgan chuqurlik hamda dastlabki belgilarga ko‘ra, u 10 ming yil avval shu yerlarda yashagan mastodontlardan bo‘lishi mumkin”, — dedi vakil.
“Bu yerda gap mashhur ‘Muzlik davri’ animatsion multfilmida uchratish mumkin bo‘lgan hayvonlar haqida ketmoqda”, — deb ta’kidlab o‘tdi Nobile.
Olimlar shu yer yaqinida boshqa suyaklar ham topilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Izoh (0)