Novocherkassk kollejining uch nafar talabasi dafn etilganlarni tahqirlash aybi bilan hibsga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki Ishlar vazirligi Rostov oblasti boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Politsiya yosh yigitlarni “iblis firqasi” udumlarini o’tkazishda ayblagan. Surishtiruv xulosalariga ko‘ra, ular 5-noyabr kuni 2014-yil yanvar oyida dafn etilgan ayolni qabrdan qazib olgan va uning boshi va boshqa suyaklarini yotoqxonaga olib kelgan. Politsiya qo‘lga olinganlarning biri “iblis firqasi”ga va va uning udumlarini o‘tkazishga qiziqishini aniqlagan.
Talabalar kalla suyagidan kuldon, barmoqlardan esa fol toshlari yasamoqchi bo‘lgan. Hozirda “vafot etganlarning jasadi va dafn joyini tahqirlash” aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)