Qirg‘iziston preizdenti va hukumati ishlari boshqarmasi shifokorlari mamlakatda ilk marta jigar ko‘chirish bo‘yicha jarrohlik operatsiyasini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Vecherniy Bishkek”.
Ertalabgi soat 8:00 dan keyingi kun ertalab 4:00 gacha − 20 soat davom etgan jarrohlik amaliyotini 24 yoshli Asatillo uuli Iyman boshidan o‘tkazdi. B va D turdagi virusli gepatit bilan kasallangan bemor Turkiya va Rossiyada operatsiyaga puli yetmagani uchun Bishkekdagi shifoxona mijoziga aylangan.
Iymanga o‘z jigarining yarmini berishga uning 26 yoshli opasi Urmat Moldokulova rozi bo‘lgan. Operatsiyani ikkita shifokorlar brigadasi olib borgan. Bemorning o‘zi hozirda reanimatsiya bo‘limida, opasi esa oddiy palataga ko‘chirilgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)