Daniya va Shvetsiyaning Arla Foods kompaniyasi Rossiyaga yetkazib berilishi rejalashtirilgan pishloqni Daniyadagi boshpanasiz va kambag‘al odamlarga tarqatib bermoqchi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
Dunyodagi eng yirik organik sut ishlab chiqaruvchisi 15 tonna pishloqni kambag‘allarga oziq-ovqat tarqatuvchi Food Bank notijorat tashkilotiga xayriya qilishni rejalashtirgan. Bunday qarorga Rossiya Yevropa ittifoqi, AQSh, Kanada, Avstraliya va Norvegiyadan sut va boshqa mahsulotlarni import qilishga embargo qo‘ygani sababli kelingan.Kompaniya vakillari sanksiyalar kiritilganidan beri Rossiya uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning katta qismiga yangi xaridorlar topilgan, biroq bir qismi ba’zi sabablarga ko‘ra sotilmagani uchun xayriya qilinishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)