AQSh armiyasining yangi qoidalari Amerika qurolli kuchlarida xizmat o‘tagan afro-amerikaliklarga nisbatan “negr” (“negro”) so‘zini ishlatishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda CNN.
22-oktabrdagi nizomning AAR 600-20 bandiga muvofiq, ushbu so‘z bilan negroid irqiga mansub hamda to‘liq yoki qisman afrikalik ajdodga ega bo‘lgan shaxslar “qora” va “afro-amerikalik” so‘zlariga qo‘shimcha ravishda atalishi mumkin. Armiya vakili bunday qarorga harbiy xizmatchilarning o‘zlari hujjatlarini rasmiylashtirish chog‘ida o‘zini “negr” sifatida tanishtirgani sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, “negr” tushunchasi AQShda quldorlik davrida keng qo‘llanilgan. Quldorlik 1865-yilda bekor qilingan. XX asrda ushbu atama haqorat sifatida baholanib, rasmiy muomaladan chiqarilgan. Hozir ba’zida faqat so‘zlashuv tilida qo‘llanib keladi.
Izoh (0)