2014-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyaning Fransiyaga rasmiy tashrifi boshlandi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Delegatsiya Parij shahrida “MEDEF” Fransiya korxonalari harakati vakillari bilan uchrashdi hamda O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyati taqdimotida ishtirok etdi.
Shu kunning o‘zida Bosh vazir huzuridagi mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh kotib Lui Gotye va Airbus Group kompaniyasining katta vitse-prezidenti Marko Miklis bilan ikki tomonlama muzokaralar ham bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvlar davomida turli sohalardagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston−Fransiya hamkorligining amaliy masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)