Rossiyaning Ivanovo shahrida yashovchi 25 yoshli Anton Lazarenko o’zining ikki nafar voyaga yetmagan sheriklari bilan masjid devorlariga chizib ketgani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lum bo‘lishicha, natsizm va neonatsizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi Lazarenko 2013-yil 1-iyun kuni ikki maslakdoshi bilan Ivanovo jome masjidi devorlariga nafrat va dushmanlik kayfiyatini qo‘zg‘atuvchi so’zlarni yozib, svastika rasmini chizgan. Shuningdek, masjidga kirish qarshisidagi devorga cho‘chqaning uzilgan boshini ilib ketgan.
Lazarenko Rossiya Jinoyat kodeksining “vandalizm” (madaniy yodgorliklarni tahqirlash) hamda “nafrat va dushmanlik uyg‘otish, ma’lum shaxslar guruhlarini irqi, millati, diniga qarab oshkora kamsitish” bandlari bo‘yicha aybdor deb topilib, ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bundan tashqari, sudlanganligini yashirib, bolalar sport maktabida murabbiy bo’lib ishlagani uchun ushbu jazo uch yil qilib belgilangan. Lazarenkoning voyaga yetmagan sheriklarining ishi belgilangan muddat o‘tib ketganligi sababli yopiq deb e’lon qilindi.
Izoh (0)