“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi “Ayaks” jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, urugvaylik hujumchi Luis Suares jamoaga endi moslashib borayotgani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“Luis bizning jamoada to‘p surayotganidan juda baxtlimiz. U kundan kunga jamoamiz falsafasiga moslashib bormoqda. Bu uning kataloniyaliklar tarkibidagi bor-yo‘g‘i uchinchi o‘yini.
Bizning undan umidimiz katta. Ishonchim komilki, u jamoaga katta yordam beradi”, — dedi Messi.
Izoh (0)