AQShning Vashington shtatida Kongressning Vakillar palatasi deoutatligi uchun saylovda o‘tgan haftada vafot etgan Demokratlar partiyasidan nomzod Rojer Friman g‘alaba qozonmoqda, deb xabar berdi Segodnya.ua.
Hozirda Friman 53 foiz ovoz bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, uning Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan asosiy raqibi Jek Dovey 46,9 foiz ovoz to‘plagan. Demokratlar partiyasi vakili o‘tgan haftada rak kasalligidan vafot etgan edi. Pochta orqali saylovlarda qatnashadigan Vashington shtatida byulletenlar tarqatilib ulgurgandan keyin o‘lim sodir bo‘lgan.Frimanning g‘alabasi oxirigacha tasdiqlansa Demokratlar partiyasi Vakillar palatasidagi ushbu o‘rinni saqlab qoladi. Qonunchilikka binoan, Frimanning o‘rnini partiyaning uch vakili egallaydi.
Izoh (0)