2014-yil oxiriga borib taxminan 451 million oila o‘z uylarida Wi-Fi tarmog‘i orqali internetdan foydalanadi. Bu haqda Strategy Analytics tahlil kompaniyasi ma’lum qilgan.
Kompaniya o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu statsionar keng polosali internetdan foydalanadigan oilalar umumiy sonining 65 foizini tashkil qiladi. Yil oxiriga borib bunday uy xo‘jaliklarining soni 690 millionga yetadi.
Niderlandiya, Janubiy Koreya va Norvegiya Wi-Fi tarmog‘idan uyda foydalanish bo‘yicha yetakchilik qiladi. AQShda esa Wi-Fi routerlardan foydalanish kam ommalashgani sababli bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘sish darajasi past bo‘lishi taxmin qilingan.
Izoh (0)