Samsung kompaniyasi 3-noyabr kuni Xitoy poytaxti Beijing shahrida maxsus Galaxy Lifestyle do‘konini ochdi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Kompaniyaning global marketing bo‘limi vitse-prezidenti Yonghi Lining so‘zlariga ko‘ra, ushbu do‘kon shunchaki savdo uchun emas, unda Galaxy gadjetlarini ishlatib ko‘rish, yangi do‘stlar orttirish va birgalikda maxsus ma’lumotlardan xabardor bo‘lish mumkin.
Yangi do‘kon tarkibidan Galaxy laboratoriyasi, gadjetlarini ishlatib ko‘rish, Galaxy musiqalari va aksessuarlari maydoni o‘rin egallagan.
Foydalanuvchilar ushbu do‘konda Level quloqchinlari bilan musiqa eshitishlari, Tab S planshetida gazeta o‘qishlari yoki Note 4 planshetofonini xarid qilib, bepul qahva egasiga aylanishlari mumkin.
Hozirda Samsung kompaniyasi Xitoyda smartfon sotish bo‘yicha yetakchilikni Xiaomi’ga topshirib qo‘ygan. Shu bois, bunday do‘konlar Samsung’ning mahalliy smartfon ishlab chiqaruvchilardan farqli ekanligini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.
Galaxy Lifestyle kabi do‘konlar boshqa davlatlarda ham qurilishi mumkinligi haqida hozircha ma’lumotlar mavjud emas.
Izoh (0)