Toshkentdagi Botanika bog‘ining sharqiy qismida yog‘och-qipiq plitalar ishlab chiqarish sexini qurish uchun tayyorgarlik ishlari boshlangan, deb xabar bermoqda Sreda.uz.
Ushbu sexda bog‘dagi daraxtlar kesilishi jarayonida chiqadigan yog‘och qoldiqlarini qayta ishlash ko‘zda tutilgan. Qurilishning moliyalashtirish manbasi ma’lum qilinmagan.
Sreda.uz’ning xabar berishicha, botanika bog‘larida notijoriy maqsaddagi bunday sex qurilishi joiz, lekin avval Toshkent Botanika bog‘idagi boshqa muammolarni yechish, ayniqsa o‘simliklar ko‘payishiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Izoh (0)