Rossiya 2016-yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitda ishtirok etmasligini Vashingtonga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Ushbu haftada Rossiya ushbu sammitga tayyorgarlik uchrashuvida ishtirok etishdan bosh tortgan edi. AQSh vakillari ushbu masala yuzasidan afsusda ekanligini bildirgan.
“AQSh o‘tib borayotgan haftada bo‘lib o‘tgan 2016-yilgi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitga tayyorgarlik uchrashuvida Rossiyaning qatnashmaslik haqidagi qaroridan afsusda”, − dedi Oq Uy rasmiy vakili Josh Ernst.
Eslatib o‘tamiz, bu masaladagi so‘nggi sammit 2014-yilda Niderlandiyaning Gaaga shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyani kuchsizligi tufayli o‘z qo‘shnilariga zarar yetkazuvchi mintaqaviy yirik davlat deb atagan.
Izoh (0)