Eng yirik aloqa operatori Beeline Namangan viloyatining viloyat markazi va turli tumanlarida GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi.
Yangi baza stansiyalari Mustaqillikning 10 yilligi, Chortoq, Otamirzayev, Namangan, Namanganiy, Boburshox ko‘chalarida va uchinchi mikrotumanda ishga tushirildi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel’ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Bugungi kunda Beeline’ning innovatsion yechimlari bizning yetakchilik imkoniyatlarimizni kerakli darajaga ko‘tarmoqda. Signalning ishonchli darajasi va maksimal qamrov — kompaniyaning asosiy omillaridir, biz ularni to‘liq ravishda joriy qilishga intilamiz”.
Yangi uskuna o‘rnatilishi natijasida Olaxamak (Namangan tumani), Karnon (Chust tumani) qishloqlarida, shuningdek, Chust shahrining So‘fizoda ko‘chasida signal sifati yaxshilandi.
Izoh (0)