Misrda maktab avtobusiga benzin tashuvchi yuk avtomobili kelib to‘qnashishi natijasida 18 o‘quvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
Avtohalokat 5-noyabr kuni mamlakat shimolida joylashgan Al Buhayra provinsiyasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Muhammad Ne’matullohning ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasida jarohat olgan yana 18 nafar o‘quvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Politsiyachilar so‘zlariga ko‘ra, ko‘rish darajasi yomon bo‘lgani bois avtobus haydovchisi yo‘ldagi chuqurni ko‘rmay qolgan va unga tushib, boshqaruvni yo‘qotgan. Avtobusga uning ortidan harakatlanayotgan benzin tashuvchi yuk mashinasining kelib urilishi natijasida yuk avtomobilida yong‘in boshlangan va u portlagan.
Izoh (0)