Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi “Biznesni yuritish 2015” (Doing Business 2015: Going Beyond Efficiency) nomli navbatdagi yillik ma’ruzasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda hisobot davrida eng sezilarli darajada yaxshilangan soha soliq tizimi bo‘lib, mamlakatimiz bu ko‘rsatkich bo‘yicha reytingda o‘tgan yilga nisbatan 61 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.
Avvalroq O‘zbekiston Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining ushbu reytingida biznesni boshloash yo‘nalishi bo‘yicha 65-o‘rinni egallagani xabar berilgan edi. Shuningdek, O‘zbekiston Legatum Institute tomonidan e’lon qilingan dunyo mamlakatlari rivojlanganlik reytingida 57-o‘rinni egallab, bu borada MDHda 55-o‘rindagi Qozog‘istondan keyin ikkinchi yaxshi natijani ko‘rsatgan.
Izoh (0)