O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Slovakiyaning Bratislava shahrida start olgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini chiroyli g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 85 ming yevroni tashkil etuvchi ushbu turnirning ilk davrasida O‘zbekiston vakili chexiyalik Irji Veseliga qarshi kortga chiqdi.
Veseli turnirning birinchi raketkasi bo‘lib, dunyo reytingida 69-pog‘onadan joy olgandi. Do‘stov esa 148-o‘rinni egallab turibdi. Uch set davom etgan uchrashuvda Farrux Do‘stov kuchli raqibini 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Izoh (0)