Dubay avtomobil festivali tashkilotchilari 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parad vaqtida joriy yilning oktabr oyida Los-Anjelesda o‘rnatilgan eng uzun selfi zanjiri bo‘yicha rekordni yangilamoqchi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Los-Anjelesdagi selfi zanjiri yonma-yon turgan 283 kishidan iborat bo‘lgan. Dubayda esa selfi zanjiriga 300 dan ortiq kishi jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, ushbu festival tashkilotchilari 28-noyabr kungi paradda bir avtokolonnadagi turli avtomobil rusumlari soni bo‘yicha ham rekord o‘rnatishni maqsad qilgani xabar berilgan edi.