Xorazm viloyatidagi “Ulli hovli” qal’asi qayta tiklanib, yangidan chiroy ochdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentining 2013-yil 20-martdagi “2013−2015-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “Ulli hovli” qal’asi zamonaviy sayyohlik markaziga aylantirildi.
Markaz milliy hunarmandlik, urf-odat va an’analarga oid eksponatlar bilan boyitilgan. Katta G‘azovot kanali sohilida esa yozgi va qishki oromgohlar tashkil etilgan.
Bu yerda tuya, ot kabi uy hayvonlari hamda parranda boqish yo‘lga qo‘yilgan. Mehmonlar tegirmonda un va guruch tayyorlash hamda ulardan turli-tuman taomlar tayyorlanishiga guvoh bo‘ladi.
2013-yili “Ulli hovli”ga 1000dan ziyod chet ellik kelgan bo‘lsa, 2014-yilda bu ko‘rsatkich qariyb ikki borabar ortishi kutilmoqda.
“O‘zbekturizm” kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, shu kunlarda Bog‘ot va Shovot tumanlaridagi tarixiy obyektlarda qayta tiklash va ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
Xorazm viloyati hokimligi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, “Ulli hovli” 1640−1694-yillarda axoli turar joylari sifatida qurilgan tarixiy qal’adir. Qal’aga 1600-yillar o‘rtalarida turkmanlar ko‘chmanchi o‘rtoqlashishi natijasida asos solingan.
Izoh (0)