Toshkent viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida “Ayollar maslahat markazi” ish boshladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda ta’lim va tibbiyot sohalari mas’ullari, bir qator tashkilot va muassasalar vakillari, faol xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
“Ayollar maslahat markazi”da xotin-qizlarning ijtimoiy-madaniy hayotda to‘laqonli ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashiladi, ularga amaliy yordam ko‘rsatiladi, zarur tavsiyalar beriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu xizmatlar bepul bajariladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova so‘zga chiqdi.
Izoh (0)