AQShda Kongressga oraliq saylovlar boshlanmoqda: parlament quyi palatasi to‘liq, yuqori palatasining esa uchdan bir qismi qayta saylanadi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Shuningdek, mamlakatning 36 ta shtati aholisi o‘z gubernatorlarini ham saylaydi. Ushbu saylovlar AQSh prezidenti Barak Obamaning reytingi rekord darajada pasaygan vaqtga to‘g‘ri kelgani tufayli Demokratlar partiyasi vakillari uni o‘z mitinglariga chaqirmaslikni afzal ko‘rmoqda.
Respublikachilar partiyasi esa g‘alabaga qattiq umid bog‘lamoqda. Ushbu partiyadan senator Mitch Makkonnellning so‘zlariga ko‘ra, Respublikachilar tarixda ikkinchi marta Senatda ko‘pchilikni tashkil qilib, AQShni yangi yo‘ldan boshlamoqchi. Vakillar palatasida esa Respublikachilar hozir ham ko‘pchilikni tashkil qiladi, gap faqat bu ustunlikni saqlab qolish haqida bormoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu saylovlar oraliq deb nomlanishiga sabab ikkita prezidentlik saylovlarining qoq o‘rtasida bo‘lib o‘tishidir.
Izoh (0)