Professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e’lon qilindi. Xotin-qiz tennischilarning kuchli o‘ntaligida hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. Tennis malikalari o‘tgan haftadagi o‘rinlarini saqlab qoldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik tennischilar esa aksincha, o‘z o‘rinlarini birmuncha yaxshilab olishga erishdi. Jumladan, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova 162-pog‘onadan 160-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi rakamli tennischimiz Oqgul Omonmurodova esa 4 pog‘onaga ko‘tarilib, ayni paytda 244-o‘rinni egallab turibdi. Sabina Sharipova 13 pog‘onaga ko‘tarilib, 258-o‘ringa chiqdi.
1. Serena Uilyams (AQSh) 8485
2. Mariya Sharapova (Rossiya) 7050
3. Simona Xalep (Ruminiya) 6292
4. Petra Kvitova (Chexiya) 5966
5. Ana Ivanovich (Serbiya) 4820
... 160. Nigina Abduraimova (O‘zbekiston) 345
... 244. Oqgul Omonmurodova (O‘zbekiston) 187
... 258. Sabina Sharipova (O‘zbekiston) 173
Izoh (0)