2014-yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkiya Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpul bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibining ayrim masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro darajadagi muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi. Ushbu maslahatlashuvlar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik holati va istiqbollarini ko‘rib chiqish hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)