Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari shahar hammomlarida reydlar o‘tkazishdi. Bu haqda Podrobno.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, reyd natijasida shaharning ikki hammomida ishratxona tashkil etilgani ma’lum bo‘lgan. Ulardan biri Buxoro markazidagi “Dilkusho” bozoridagi sobiq jamoat hammomi bo‘lsa, ikkinchisi shahar 6-son hammomida tashkil etilgan.Qayd etishlaricha, “Dilkusho” bozoridagi jamoat hammomida “eng qadimgi kasb egalari”ning xizmat haqi arzonligi va “issiq suvli xonalar” borligi sabab, har qanday raqobatdan holi joy bo‘lgan.
Ayni vaqtda, mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, har ikkala hammom ham sanitariya talablariga javob bermas, rakovina va vannalar “yuz yillik zang” bilan qoplangan.
Xabar berishlaricha, 6-son hammom ta’mirlash ishlaridan so‘ng o‘z faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lsa, “Dilkusho” bozoridagi hammom buzib tashlanib, uning o‘rniga yangi savdo rastalari qurilgan.
Izoh (0)