Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabidagi 382 metrlik yangi osmono‘par imorat qo‘shni amirlik hisoblangan Dubay hukmdori va BAAning bosh vaziri shayx Muhammad bin Rashid al Maktum sharafiga nomlandi. Bu haqda amirlikning The National nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
92 qavatdan iborat Muhammad bin Rashid al Maktum binosi Abu-Dabidagi eng baland imoratga aylandi. Mazkur turar-joy binosi BAA poytaxtidagi yangi Jahon savdo markazining bir qismi hisoblanadi.
Emporis konsalting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur yangi imorat dunyoning eng baland binolari o‘ttizligidan o‘rin oldi.
Ushbu ro‘yxatdagi yana to‘rt bino Dubayda joylashgan.
Izoh (0)