Toshkent shahrida ikki hafta davom etgan FIDE Gran-prisi 2-noyabr kuni o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi 11-turda rossiyalik Dmitriy Andreykin gollandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va 11 imkoniyatdan yetti ochko to‘plab, Toshkent Gran-prisi g‘olibiga aylandi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
11-tur natijalari:- Karyakin — Qosimjonov 1:0,
- Yakovenko — Karuana 0:1,
- Andreykin — Giri, Jobava — Mamadiyarov, Vashye-Lagrav — Nakamura hamda Rajabov — Gelfand partiyalarida durang natija qayd etildi.
Yakuniy jadval:
- 1. Andreykin — 7;
- 2-3. Mamadiyarov, Nakamura — 6,5 tadan;
- 4-7. Karuana, Karyakin, Jobava, Vashye-Lagrav — 6 tadan;
- 8. Rajabov — 5,5;
- 9. Giri — 5;
- 10. Yakovenko — 4,5;
- 11-12. Gelfand, Qosimjonov — 3,5 tadan.
Izoh (0)