O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy valyuta bilan muomala qilish uchun bir qator qulayliklar yaratilganiga qaramay, ayrim fuqarolar valyutani noqonuniy ravishda olish yoki o‘tkazishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Huquq” gazetasi.
Xususan, O‘zbekistоn Respublikаsi Bоsh prоkurаturаsi huzuridаgi Sоliq, vаlyutаgа оid jinоyatlаrgа vа jinоiy dаrоmаdlаrni legаllаshtirishgа qаrshi kurаshish (SVOJJDLQK) depаrtаmentining Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshbek Shodiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) hamda Norbek Xo‘jayevning jinoiy qilmishlariga chek qo‘yildi.
Ular chet el valyutasini qonunga xilof ravishda fuqaro G. Sapiyevaga (har bir Rossiya rublini 83 so‘mdan) 301,2 ming Rossiya rublini 25 million so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tadbir davomida huquqbuzarlar Toshbek Shodiyev va Norbek Xo‘jayevlardan noqonuniy ravishda muomalaga kiritishga tayyorlab qo‘yilgan boshqa valyuta qimmatliklari ham ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi. Ular qilmishlariga yarasha jazo oldi.
Izoh (0)