Amerikalik dorboz Nik Vallenda 2-noyabr kuni o‘zini sug‘urta qildirmagan holda Chikagodagi osmono‘par binolar orasidan dorda yurib o‘tdi, deb xabar bermoqda Chicago Tribune.
https://www.youtube.com/watch?v=EhajbeXA8to
35 yoshli dorbozning navbatdagi rekordiga guvoh bo‘lish uchun o‘nlab odamlar Chikago ko‘chalariga yig‘ilgan. Dorlardan biri Chikago daryosi ustiga 19 daraja burchak ostida tikilgan. Ikkinchi dor esa Marina City egizak binolari orasidan o‘tkazilgan. Ikkinchi yo‘nalishda Vallenda ko‘zlari bog‘langan holda yurgan.
Vallenda mashhur dorbozlar oilasi a’zosi hisoblanadi. Uning bobosi 73 yoshida Puerto-Rikoda osmono‘par binolar orasidan o‘tish chog‘ida halok bo‘lgan. Keyinroq Nik bu ishni onasi bilan birgalikda amalga oshirgan.
Izoh (0)