Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay o‘z ismidagi qabila qo‘shimchasidan voz kechib, Ashraf G‘aniga aylanadi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Prezident matbuot kotibi Fayiq Vohidiyning so‘zlariga ko‘ra, tegishli topshiriq davlat rahbari devonxonasiga, hukumat tashkilotlari va OAV vakillariga jo‘natilgan. Shuningdek, prezidentning guvohnomasiga ham o‘zgartirish kiritilgan.
Ahmadzay Afg‘onistondagi eng yirik pushtun qabilalaridan biri hisoblanadi. Uning ko‘plab a’zolari ushbu qabila vakili ekanligi bilinib turishi uchun o‘z ismlari oxiriga Ahmadzayni ham qo‘shib qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan Ashraf G‘ani sentabr oyi oxirida o‘z lavozimiga kirishgan edi.
Izoh (0)