AQSh mudofaa vazirligi matbuot kotibi, kontr-admiral Jon Kirbi Rossiya harbiy samolyotlarining Yevropa havo hududidagi parvozlari fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid solishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Kirbining ta’kidlashicha, parvozlar mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishiga olib keladi va harbiy samolyotlarning noodatiy faolligi inobatga olinsa, mintaqadagi fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soladi.
Pentagonning ushbu bayonoti NATO hisobotida Rossiya qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarining to‘rt guruhi Boltiq, Shimoliy va Qora dengizlar ustida parvozlarni amalga oshirayotgani qayd etilganidan keyin berildi. Avvalroq, Buyuk Britaniya va Portugaliya o‘z osmonlarida Rossiya harbiy aviatsiyasini tutish uchun qiruvchi samolyotlarini uchirgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)