“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Urumchi-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni haftada ikki martadan amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida xabar qilingan.
“Boing B767” laynerida amalga oshiriladigan HY507/508 yangi reysi 2014-yil 11-noyabrdan boshlab 2015-yil 25-martga qadar haftaning seshanba kunlarida parvoz qiladi.
Toshkentdan soat 17:15 da uchadigan samolyot 22:40 da Urumchiga qo‘nadi. Chorsahnba kuni Urumchidan soat 00:10 da uchib, 00:05 da Toshkentga yetib keladi.
Izoh (0)