“Qishloq joylarda turar joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki 100 million dollarga teng kredit shartnomasini imzoladi. Bu haqda UzDaily.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga mazkur mablag‘ni 2014-yil avgust oyida ajratgan edi.
Kredit bitimini imzolash marosimi esa Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekistonning Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi a’zolari bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuvda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Islom taraqqiyot bankidan tashqari, Saudiya taraqqiyot fondi, Quvayt Arab iqtisodiy taraqqiyoti fondi, Abu-Dabi taraqqiyot fondi hamda Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha OPEK fondi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston umumiy qiymati 1,6 milliard dollardan ziyod mablag‘ga teng energetika, yo‘l infratuzilmasi, kommunal xo‘jalik, ta’lim, ekologiya, irrigatsiya, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish kabi sohalarga oid jami 25 ta loyiha taqdimotini o‘tkazdi.
Tomonlar mazkur loyihalarning Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi tomonidan moliyalashtirilishi ehtimolini muhokama qildi.
Izoh (0)