Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani, “Sho‘ralisoy” qishloq fuqarolar yig‘ini, Navro‘z mahallasi hududida yakka tartibdagi namunaviy loyiha asosida 12 ta uyning qurilishi qalbaki bayonnoma bilan boshlangan, deb xabar bermoqda Uz24.uz.
Qalbaki bayonnomaga asosan, A.Hakimjanov rahbarligidagi “Ars Micro Produktions” MChJning nizom jamg‘armasi shakllantirilmasdan turib, tanlov savdolari qiymatining 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag‘lari bo‘lmasa-da, “Qishloq qurilish invest” IShIK Toshkent viloyati filiali bilan shartnoma tuzilgan. Shartnoma shartiga binoan, A.Hakimjanov namunaviy uylarning qurilish-montaj ishlarini bajarishni zimmasiga olgan.
Shundan so‘ng, jinoiy sheriklarning “yordami” bilan “Qishloq qurilish invest” IShIK Toshkent viloyati filialidan bajarilgan ishlar hisob-fakturalari asos qilingan holda, jami 1 milliard 219 million 304 ming so‘mlik pul mablag‘i “Ars Micro Produktions” MChJning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Aniqlanishicha, “Ars Micro Produktions” MChJ rahbari A.Hakimjanov, “Qishloq qurilish invest” IShIK Toshkent viloyati filiali rahbari va ushbu filialning texnik nazoratchilari o‘zaro til biriktirib, keltirilgan manzilda namunaviy uylar qurilishi uchun ma’lumotnoma, hisob-fakturalarni qalbakilashtirib, bajarilgan ishlarni qo‘shib yozish natijasida 92 mln. 931 ming so‘mlik pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.
Barcha holatlar yuzasidan A.Hakimjanov va boshqalar odil sudning hukmi bilan tegishli jazolarini oldilar. Bu haqda xabar qilgan “Huquq” gazetasi ularga qanday jazo tayinlaganini ma’lum qilmagan.
Izoh (0)