Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘zi boshchiligidagi “FIDES” partiyasi tomonidan ilgari surilgan internetdan foydalanishga soliq qo‘yish haqidagi qonun loyihasini bekor qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, internetga soliqni bu shaklda kiritib bo‘lmaydi. Qonun loyihasi mamlakat aholisi ishlatilgan har bir gigabayt uchun 150 forint (0,8 dollar) miqdorida soliq to‘lashi lozimligini ko‘zda tutar edi.
Qonun loyihasi e’lon qilingach, 26-oktabrdan mamlakatning yirik shaharlarida norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. 29-oktabr kuni eng yirik namoyish poytaxt Budapesht shahri markazida bo‘lib o’tgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)